Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi bilan uchrashuvda Islom Respublikasi oliy rahbari Ali Xomanayiga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.
"Ha, albatta, vazir orqali oliy rahbarga eng samimiy tilaklarni va mazmunli maktubni yetkazdi," - deya Kreml vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.
Abbos Arakchi 17 aprel kuni Moskvaga tashrif buyurdi. Shu kuni u Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashib, unga Ali Xomanayining maktubini topshirdi.