Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Arsenal"ga qarshi kechgan (1:2) o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olib, safdan chiqqan edi.
AS nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli fransuz 26 aprelga belgilangan "Barselona"ga qarshi kubok finaliga qadar to‘liq tiklanadi.
Kilian qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng unga jarohatini davolash uchun 8 kuncha vaqt ketishi aytilgan. U "Atletik Bilbao" va "Xetafe"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.