Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Spark mashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa o‘zi o‘tirgan. Orqa o‘rindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi bo‘lgan.
Voyaga yetmagan qiz mashinani boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotgan va Andijon kanaliga tushib ketgan. Hodisa sabab orqa o‘rindiqda bo‘lgan ona va kichik qizalog‘i nafas yo‘liga suv tiqilishi sabab vafot etgan. Mashina boshqargan qiz va uning dadasi tan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.