Eron qurolli kuchlari Armiya kuni munosabati bilan parad o‘tkazib, milliy kamuflyajdagi Rossiyaning S-300 zenit-raketa komplekslari hamda o‘zi ishlab chiqargan zamonaviy raketa tizimlarini namoyish etdi.
Bu haqda CNN davlat agentligi ma’lum qildi.
Namoyish etilgan qurol-aslahalar orasida Eron standartlariga moslashtirilgan Rossiyaning S-300 komplekslari, o‘rta masofali "Fath-360" raketalari, "Sayad-3" zenit komplekslari, "Majid" havo mudofaa tizimlari va o‘z-o‘zini yo‘naltiruvchi "Valfajr" torpedalari bor.
"Eronda Islom Respublikasi armiyasi kuni munosabati bilan harbiy parad marosimi o‘tkazildi," - deya ta’kidlandi agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Eron va AQSh delegasiyalari o‘rtasida Tehron yadro dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal etishga qaratilgan muzokaralarning ikkinchi bosqichi 19 aprel kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.