Poytaxtda bayram kunlari asosiy tantanalar “Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, tumanlarda ham Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tadi. Bular:
–Bektemir tumani: Coca-Cola Garden bog‘i 19 mart kuni;
–Uchtepa tumani: “Seul eko bog‘i” 19 mart kuni;
–Shayxontohur tumani: Tashkent City bog‘i 19-23 mart kunlari;
–Yunusobod tumani: “O‘zekspomarkaz” hududida 20 mart kuni;
–Mirobod tumani: “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘i 21-24 mart kunlari;
–Mirzo Ulug‘bek tumani “Markaziy istirohat bog‘i” 21-24 mart kunlari;
–Sergeli tumani: “Markaziy xiyobon” (mo‘ljal: Sergeli hokimligi) 21 mart kuni;
–Olmazor tumani: Yoshlik shaharchasi, Beruniy maydoni 19 mart kuni;
–Yakkasaroy tumani: Seoul Mun hamda Next ko‘ngilochar maskanlari 21-24 mart kunlari;
–Yangihayot tumani: Tashkent Index savdo majmuasi 20 mart kuni;
–Yashnobod tumani: “Ashxobod sayilgohi” 21-24 mart kunlari;
–Chilonzor tumani: “G‘afur G‘ulom” bog‘i 21-24 mart kunlari.