Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentda ochilgan «Naqsh» hunarmandchilik maktabini borib ko‘rdi.
Qayd etilishicha, bu loyiha Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Britaniyaning eng qadimiy an’anaviy san’at maktabi — King jamg‘armasi (KFSTA) bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
"KFSTA ko‘p yillardan buyon dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarga me’morchilik, naqsh, xattotlik va amaliy san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan maskandir. Endilikda bu boy tajribadan O‘zbekistonda ham bahramand bo‘lish imkoni paydo bo‘lmoqda.