Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Eron jimgina Xitoydan kamida 2000 tonna natriy perxlorit import qildi

Eron jimgina Xitoydan kamida 2000 tonna natriy perxlorit import qildi

Eron jimgina, lekin tezkor ravishda ballistik raketa arsenalini tiklamoqda va BMT sanksiyalariga qaramay Xitoydan kamida 2000 tonna natriy perxlorit import qildi.

Natriy perxlorit raketa yoqilg‘isini ishlab chiqarishda muhim element bo‘lib, 500 tagacha ballistik raketalar uchun 2000 tonna etarli bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp va Si Szinpinning bugungi uchrashuvida Eron masalasi suhbatning asosiy mavzularidan biri bo‘lgan.

AQSh kun tartibida — Eron neft eksportiga to‘sqinlik qilish orqali uning neft daromadlarini nol darajaga tushirish va maksimal bosim siyosatini kuchaytirish turibdi.

Hozirda Eron neft eksportining 90 foizi Xitoyga yo‘naltirilgan.

Tramp mintaqadagi AQSh manfaatlariga bevosita zarar yetkazmasdan Eronning neft eksportini to‘xtatishga intilmoqda bunga faqat Eron neftining asosiy xaridori bo‘lgan Xitoyga bosim orqali erishish mumkin.

Kiritildi: 15:40 31.10.2025. O'qildi: 1403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!