Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda MIB orqali fuqaroga 602 mln zarar undirib berildi

Toshkentda MIB orqali fuqaroga 602 mln zarar undirib berildi

Qarzlorlar mol-mulklari xatlangach, zararni to‘lashga majbur bo‘lgan.

MIBning Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining ijro varaqasiga asosan qarzdorlar A.R. va S.M.dan solidar tartibda undiruvchi A.I. foydasiga 602 372 500 so‘m miqdoridagi yetkazilgan moddiy zararni undirish belgilangan edi.


Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qaror nusxalari taraflarga yuborildi.


Qarzdorlarning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, qarzdorlar nomida mavjud mol-mulklar aniqlanib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovga olindi hamda avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilindi.


Shuningdek, qarzdorlarning xorijga chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlar A.R. va S.M.dan solidar tartibda undiruvchi A.I. foydasiga 602 372 500 so‘m miqdoridagi moddiy zarar to‘liq undirib berildi.

Kiritildi: Bugun 09:22. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!