Ma’lumki kredit mablag‘i banklar tomonidan tadbirkor yoki fuqarolarga maqsadli loyiha, ish ko‘lamini va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun garov evaziga beriladigan sarmoyador va uni o‘z vaqtida to‘lab borish talab etiladi.
Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, banklar sudga murojaat qilishga majbur bo‘lishadi. Sudlar esa, o‘z navbatida, qarzdorlikni undirish uchun Majburiy ijro byurosi organlariga yo‘naltiradi.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudining sud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor “S.A.”dan undiruvchi “Kapitalbank” ATB Yashnobod filiali foydasiga jami 263,4 mln. so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli, garov mulki hisoblangan 2018 yilda ishlab chiqarilgan “Malibu 2” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, 237,9 mln. so‘m boshlang‘ich narxda elektron-onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.
Garov mulki sotuvidan tushgan mablag‘ kredit qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.