Mamlakatning yuqori amaldorlarini himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan AQSh Maxfiy xizmati Rossiya va Amerika rahbarlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv oldidan Alyaskaning Ankorij shahrida uy ijaraga oldi.
Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Uchrashuv joyi hozircha rasman e’lon qilinmagan, biroq riyeltor Larri Disbrou nashrga maxfiy xizmat so‘roviga ko‘ra Ankorijdagi “olti xonali mulk”ni ijaraga olganini aytdi.
Tramp 8 avgust kuni Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishini kutayotganini aytdi. Keyin bu muzokaralar rejalarini Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetakchilar Ukraina inqirozini uzoq muddatli tinch yo‘l bilan hal qilishga erishish variantlarini muhokama qilishga e’tibor qaratadi. Kreml Putin va Trampning navbatdagi uchrashuvi Rossiya hududida bo‘lishini kutmoqda, deya aniqlik kiritdi Ushakov.