Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida parvozlarning qidiruv-qutqaruv faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligining desantchilarni tayyorlash markazida o‘tkazilgan mashg‘ulotda shartli aviafalokat oqibatlari bartaraf etildi.

O‘quv mashg‘uloti rejasiga muvofiq, yo‘lovchi samolyoti qo‘nishga yaqinlashganda havo dispetcheri va ekipaj o‘rtasidagi aloqa uzilib qoladi. Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchraydi. Natijada yong‘in chiqadi, qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Simulyasion favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish uchun 250 ga yaqin mutaxassis va idoralararo tuzilmalarning 20 ta maxsus texnikasi jalb qilindi.

Qutqaruvchilar o‘z guruhlarining tayyorgarligi, yong‘inni o‘chirish jarayonida muvofiqlashtirish, odamlarni evakuasiya qilish, jabrlanganlarni jarohatining og‘ir-engilligiga qarab taqsimlash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va jarohatlanganlarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, shuningdek, samolyot bortidagi xavfli yukni evakuasiya qilish bo‘yicha ishladi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – aviafalokat sodir bo‘lgan taqdirda qator vazirlik va idoralar, Toshkent aeroportining bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda harakatlanishni ta’minlash, aviafalokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish hamda xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishdan iborat.

Kiritildi: Bugun 07:46. O'qildi: 8418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!