Qozog‘iston Janubidagi suv tanqisligini yumshatish maqsadida O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy hisobda 600 million kub metr suv ajratadi.
Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari ta’kidlashicha, joriy yil yozda Markaziy Osiyoda suv kamligi, yuqori harorat va yog‘ingarchilik tanqisligi ayniqsa sezilarli bo‘ldi. Shu bois qo‘shni davlatlar o‘zaro hamkorlikda suv resurslarini taqsimlash choralarini ko‘rmoqda.