Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda ikki avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Toshkentda ikki avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari munosabati bilan 9 iyuldan 9 avgustgacha 106 va 190-sonli avtobuslar harakati vaqtincha Milliy bog‘ ko‘chasi orqali amalga oshiriladi.

106-sonli avtobus “Saodat” savdo markazidan “Akfa” universiteti tomon harakatlanganda yo‘l yopiq qismni aylanib o‘tadi. Teskari yo‘nalish o‘zgarmaydi.

190-sonli avtobus “Yangibozor”dan “Mashinasozlar” metro bekatiga harakatlanganda ham Milliy bog‘ ko‘chasidan o‘tadi. Teskari yo‘nalish esa o‘zgarishsiz qoladi.

Kiritildi: 12:42 10.07.2025. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!