Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda "Gazel" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urildi

Toshkentda "Gazel" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urildi

Joriy yilning 10 aprel kuni soat 14:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali yo‘lida Gazel rusumli transport vositasi haydovchisi, rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida transport vositasi texnik shikastlangan va 2 nafar yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslikni so‘raymiz" - deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati bayonotida.

Kiritildi: 18:44 10.04.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!