The Independent nashrining xabar berishicha, Florensiyadagi San-Marko monastiri dorixonasi arxividan XIX asrga oid “quvvatlantiruvchi vino eliksiri” resepti aks etgan hujjat topilgan. Ushbu eliksir tarkibida koka barglari, kola yong‘og‘i va vino bo‘lgan.
"Ushbu formula bir necha o‘n yildan so‘ng amerikalik farmasevt Jon Pemberton foydalangan reseptga juda o‘xshash hisoblanadi. Faqat Pemberton Coca-Cola tayyorlash uchun vino o‘rniga gazlangan suvdan foydalangan", deyiladi xabarda.