Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Toshkentda bankdan qarzdor fuqaro mashinasidan ayrildi

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro bankdan avtokredit olib, uni vaqtida to‘lamay kelgan.

Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor fuqarodan undiruvchi bank foydasiga jami 168 786 251 so‘m qarz undirish hamda undiruvni JETOUR rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan ijro hujjati mavjud.

Mazkur holatning kelib chiqish sababi shundaki, fuqaro ushbu avtotransport vositasini bankdan avtokredit asosida xarid qilgan bo‘lsa-da, kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Natijada qarzdorlik yuzaga kelib, sud qaroriga asosan ijro harakatlari boshlangan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli JETOUR rusumli avtomashina qidiruvga berilgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu transport vositasi yo‘l harakati jarayonida aniqlanib, belgilangan tartibda ushlab qolingan va 2026 yil 22 aprel kuni xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida aniqlanishicha, qarzdor tomonidan 2025 yildan buyon yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy jarimalar ham o‘z vaqtida to‘lanmagan. Bu holat ham fuqaroning mavjud majburiyatlariga yetarli darajada e’tibor qaratmaganini ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda davlat ijrochisi tomonidan ushbu avtotransport vositasini qonunchilikda belgilangan tartibda “auksion savdolari”ga chiqarish orqali qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!