Toshkent shahrida 7 apreldan 17 maygacha ichimlik suv bosimi pasayadi va vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bunga bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Ro‘yxat:
7 aprel 9:00 dan 8 aprel 9:00 gacha
Uchtepa tumani — Chilonzor 12-mavze 7a-sonli ko‘p qavatli uy, Milliy bank binosi, Chilonzor 15-mavze 14-sonli ko‘p qavatli uy va diplomatlar uylari, O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, Chilonzor 21 va 22-mavzelardagi ko‘p qavatli uylar, Chilonzor 23-mavzesi, Chilonzor 24-mavzesi.
7 aprel 23:00 dan 8 aprel 6:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani — Chingeldi mahallasida.
8 aprel 9:00 dan 9 aprel 9:00 gacha
Yunusobod tumani — Gulyor, Tiklanish hamda Hamkorobod tor ko‘chalari bilan birga, 60-sonli oilaviy poliklinikada.
8 aprel 21:00 dan 9 aprel 6:00 gacha
Olmazor tumani — Ibrohim ota mahallasida.
9 aprel 9:00 dan 10 aprel 21:00 gacha
Sergeli tumani — Sergeli-2, 5, 5a, 6, 6a, 7, 7a, 8, 8a, Quruvchi mavzelarida, Pepsi zavodi, Ko‘hna Qumariq, Nomdanak, Qorasuv, Taraqqiyot, Sadoqat, Daryobo‘yi, Fayzli, Eski Jaloir, Qipchoq, O‘zgarish, Xabibiy, Mehrigiyo, Ziynat, Ezgulik, Madadkor, Ittifoq, Nilufar, Yangi Bunyodobod, Asrobod, Nog‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Bel ariq, Sug‘diyona, Qumariq, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalarida.
Yangihayot tumani — Tashabbus, Yangi Umid, Yangihayot, Oriyat, Marhamat, Gulshanobod, Yangi turmush, Yangi Darxon, Navqiron, Mash’al, Zarbdor, Do‘stlik, Charog‘on, Humo, Olchazor, Xushnud, Charbog‘, Yorqin hayot mahallalarida.
9 aprel 9:00 dan 10 aprel 9:00 gacha
Sergeli tumani — Quruvchi mavzesi, Daryobo‘yi mahallasida.
10 aprel 9:00 dan 10 aprel 23:00 gacha
Shayxontohur tumani — Xuvaydo mahalla, 2a, 4a-sonli ko‘p qavatli uylarda, 45-sonli oilaviy poliklinikada.
14 aprel 23:00 dan 15 aprel 6:00 gacha
Yashnobod tumani — «Al Buxoriy» mahallasi Tuzel mavzedagi 80a, b, v-sonli ko‘p qavatli uylarida.
14 aprel 9:00 dan 15 aprel 9:00 gacha
Uchtepa tumani — Katta Cho‘pon ota mahallasida.
15 aprel 9:00 dan 16 aprel 21:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani — Shukur Burxonov, Alisher Navoiy, Katta Qorasuv, Oltintepa, Avayxon, Yangi Avayxon, Alpomish, Elobod, Nodirabegim, Bo‘z, Sayram, Buyuk ipak yo‘li mahallalarida.
Yashnobod tumani — To‘ytepa, Cho‘lpon, Istiqlol, Semurg‘, Boyqo‘rg‘on, Mashinasozlar, Do‘stobod, Fidoyilar mahallalarida, Mavlono Riyoziy dahasida, Bosh prokuratura, Indoneziya, Belorus, Xitoy, Turkiya, Fransiya, Yaponiya elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida.
Chilonzor tumani — Beshyog‘och ko‘chasi 28-sonli ko‘p qavatli uy, Beshyog‘och mahallasida.
Yakkasaroy tumani — Samarqand mavzesi, Afrosiyob, Yunus Rajabiy, Sharof Rashidov, Yusuf Xos Hojib, Rakatboshi, Jiydazor ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Prezident ma’muriyati binosi, Prezident xavfsizlik xizmati, «Turkiston» mehmonxonasi, Ichki Ishlar vazirligi, Malaka oshirish instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati, Italiya hamda Yaman elchixonalarida.
Mirobod tumani — Mingo‘rik, Movarounnahr, Sharof Rashidov, Inoqobod mahallalarida, Matbuotchilar, Shahrisabz, Yaxyo G‘ulomov ko‘chalarida.
17 aprel 9:00 dan 18 aprel 6:00 gacha
Shayxontohur tumani — Kamolon, Yangi Kamolon mahallalarida, Beshyog‘och dahasi hamda Qoratosh mavzesida.
Chilonzor tumani — Katta Olmazor mahalla, Olmazor mavzesida.
21 aprel 9:00 dan 22 aprel 9:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani — Oqqo‘rg‘on, Oydin, Katta Darxon, Lashkarbegi mahallalarida.
Yunusobod tumani — Usta Shirin, Turk Qo‘rg‘on, Iftixor, Jomiy, Minor, Qashqar, Yangiariq, Bodomzor, Xiyobontepa, Shahriston, Qo‘shchinor, Adolat, Xusnobod, Akbarobod, Ahilobod, Astrobod, Turkiston, Bog‘ibo‘ston, Anorzor, Ot chopar-1, Ot chopar 2, Yunusobod, Bo‘zsuv, Firdavsiy, Yangi tarnov, Mirzo Ulug‘bek, Shayx Shivli, Buyuk Turon mahallalarida.
21 aprel 21:00 dan 22 aprel 6:00 gacha
Uchtepa tumani — Beshqayrag‘och, Xayratiy, Abdulla Qodiriy mahallalarida.
22 aprel 9:00 dan 23 aprel 21:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani — Bahor, Alpomish, Bog‘imaydon, Bo‘z, Lashkarbegi, Navnihol, Nodirabegim, Oliy Himmat, Sayram, Sho‘rtepa mahallalarida.
Yunusobod tumani — ToshGRES mavzesi, Bobodehqon, Oqtepa, Oltin Meros, Obod, Posira, Sevinch, Qadrdon, Beg‘ubor, Mehnatobod, Choshtepa, Uvaysiy, Yurtobod mahallalarida.
Qibray tumani — Bobur, Oybek, Navro‘z, Bunyodkor mahallalarida.
22 aprel 21:00 dan 23 aprel 6:00 gacha
Olmazor tumani — Moyariq mahallasida.
23 aprel 21:00 dan 24 aprel 9:00 gacha
Sergeli tumani — Daryobo‘yi mahallasida.
24 aprel 9:00 dan 25 aprel 6:00 gacha
Yakkasaroy tumani — Afrosiyob, Sharof Rashidov ko‘chalari, Samarqand mavzesidagi ko‘p qavatli uylarda.
24 aprel 9:00 dan 25 aprel 21:00 gacha
Chilonzor tumani — Qozirobod, Katta Qozirobod, Do‘mbirobod, Katta Do‘mbirobod, Gavxar mahallalarida, Respublika tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazi, Central Cardio Servis markazi, Tuman obodonlashtirish boshqarmasi, Shahar Irrigasiya tizimlari boshqarmasi, «Qozirobod» va «Do‘mbirobod» jome masjidlarida.
Yakkasaroy tumani — Bahriddin Hiloliy 3-tor ko‘chasida.
28 aprel 9:00 dan 29 aprel 9:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani — Ahmad Yugnakiy, Geofizika, Xumoyun, Buyuk ipak yo‘li mahallalari hamda Ko‘ksaroy qarorgohida.
28 aprel 9:00 dan 29 aprel 6:00 gacha
Yashnobod tumani — Aviasozlar, Yashnobod, Alimkent, Ko‘ksaroy, Birlashgan, Dilbog‘, Parvoz, Fazogir, Beshariq, Barkamol mahallalarida.
29 aprel 23:00 dan 30 aprel 6:00 gacha
Yashnobod tumani — Uysozlar, O‘rtamasjid mahallalarida.
29 aprel 9:00 dan 30 aprel 13:00 gacha
Yakkasaroy tumani — Shamskulol, Damariq tor ko‘chalari bilan birga, Abdulla Qahhor 7-tor ko‘chasi 49/1, 49/2, 49/3, 49/4, 49/5, 49/6, 49/7, 49/8, 49/9, 49/10, 49/11, 49/12, 49/13, 49/14, 49/15, 49/16, 49/17, 128/1, 128/2, 128/3, 128/4, 128/5, 128/6-sonli ko‘p qavatli uylar, Glinka, Tarobiy, Humo, O‘lmas Umarbekov, Kuloltuproq, Shota Rustaveli ko‘chalari hamdaToshkent issiqlik elektr markazida.
30 aprel 9:00 dan 1 may 6:00 gacha
Sergeli tumani — Uchuvchilar shaharchasi, Uchuvchilar ko‘chasidagi xususiy xonadonlarda.
30 aprel 9:00 dan 1 may 9:00 gacha
Yashnobod tumani — Donishmand, Nodira, Shohimardon, Xosiyat, Yanginur, Behizor, Katta Yangiobod, Oydinko‘l, Shoxsanam, Bunyodkor mahallalari hamda Izzat ko‘chasidagi 58/5, 58/6, 58/7, 58/8-sonli ko‘p qavatli uylarida.
1 may 9:00 dan 2 may 9:00 gacha
Shayxontohur tumani — Kattabog‘, Chuqurko‘prik ko‘chalarida, Chorsu maydoni 1-sonli ko‘p qavatli uydan 8-sonli ko‘p qavatli uygacha, Qoratosh mavzesi 1-sonli ko‘p qavatli uydan 4-sonli ko‘p qavatli uygacha, «Suvchi» mehmonxonasida.
1 may 9:00 dan 2 may 6:00 gacha
Yunusobod tumani — 5 va 6-markazlar dahalarida.
5 may 9:00 dan 6 may 9:00 gacha
Chilonzor tumani — Chilonzor, Katta Qozirobod, Katta Chilonzor 1, Katta Chilonzor 2 mahallalarida.
Sergeli tumani — Oltin Vodiy, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa mahallalarida.
Yakkasaroy tumani — Yakkasaroy, Meros, Muqimiy, To‘qimachi, Dilbuloq, Muxandislar, Rakat mahallalarida.
5 may 9:00 dan 5 may 23:00 gacha
Uchtepa tumani — Tepaqo‘rg‘on, Qo‘rg‘ontepa, Xuroson, Shirin, Zargarlik mahallalarida, 11, 12, 26-mavzelarida.
6 may 21:00 dan 7 may 6:00 gacha
Olmazor tumani — Umid, Yangi Toshkent mahallalarida.
6 may 9:00 dan 7 may 21:00 gacha
Uchtepa tumani — O‘rikzor, Ko‘ksaroy mahallalari hamda O‘rikzor savdo kompleksida.
7 may 9:00 dan 7 may 23:00 gacha
Chilonzor tumani — Beshchinor, Ko‘rkam, Novza, Oqtepa, Nafosat, Diyor, 3-Katta Chilonzor, Chilonzor mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda Shahar prokuraturasida.
8 may 9:00 dan 8 may 23:00 gacha
Yunusobod tumani — Yunusobod 2, 4, 5-mavzelari hamda Anorzor mahallasida.
12 may 9:00 dan 13 may 21:00 gacha
Olmazor tumani — Universitet, Mirzo G‘olib, Chig‘atoy Oqtepa, Shifokorlar mahallalarida, Karima tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi, «Ko‘ksaroy» diagnostika markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv binosi va yotoqxonalari bilan birga, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetio‘quv binosi va yotoqxonalari bilan birga.
Shayxontohur tumani — Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston, Bo‘ston va Beltepa mahallalarida.
12 may 9:00 dan 12 may 23:00 gacha
Shayxontohur tumani — Shayxontohur, Xadra, Jangoh, Labzak, O‘rda mahallalari hamda tuman hokimiyatida.
13 may 21:00 dan 14 may 6:00 gacha
Yashnobod tumani — Uysozlar mavzesidagi 17, 18-sonli ko‘p qavatli uylarda.
13 may 9:00 dan 14 may 9:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani — Geofizika, Pastki yuz mahallalarida.
Qibray tumani — Nurafshon mahallasi hamda Ko‘ksaroy qarorgohida.
14 may 9:00 dan 15 may 6:00 gacha
Yakkasaroy tumani — Qushbegi, Boshliq, Armug‘on, Dilbuloq mahallalarida, Qushbegi ko‘chasidagi non ishlab chiqarish sexida.
14 may 9:00 dan 15 may 13:00 gacha
Yangihayot tumani — Binokor mahallasidagi ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda.
15 may 9:00 dan 16 may 6:00 gacha
Olmazor tumani — Tabassum, Umid, Tepa guzar, G‘alaba mahallalarida, Sag‘bon 11-tor ko‘chasi, tuman Ichki ishlar boshqarmasi, DXX kasalxonasi hamda Non ishlab chiqarish sexida.
16 may 9:00 dan 16 may 23:00 gacha
Yakkasaroy tumani — Shota Rustaveli, Bog‘idil, Bratislava ko‘chalari, Tafakkur 1-tor ko‘chasi, 60-sonli oilaviy poliklinika.
16 may 9:00 dan 17 may 21:00 gacha
Yangihayot tumani — Tashabbus, Yangi umid, Yangihayot, Oriyat, Marhamat, Gulshanobod, Yangi turmush, Yangi Darxon, Navqiron, Mash’al, Zarbdor, Do‘stlik, Charog‘on, Humo, Olchazor, Xushnud, Charbog‘, Yorqin hayot mahallalarida;
Sergeli tumani — Sergeli-5a mavzesida.
Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.