Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda 24 yoshli ayol doridan zaharlandi

A A A
Toshkentda 24 yoshli ayol doridan zaharlandi

8 avgust kuni, soat 16.30 da Mirzo-Ulug‘bek tumanida 24 yoshli Gulshan B. kasalxonaga doridan zaxarlanish belgilari bilan murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar tarqatdi.

U 2 dona «Amitripsilin» dori vositasidan ichgandan so‘ng, mazasi qochib, tibbiy yordamga murojaat qilgan. "Hurmatli fuqarolar! Sizdan iltimos, dori vositalarini qabul qilishda ehtiyot bo‘linglar: dorilarni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra, belgilagan miqdorda va dozada qabul qilinglar. Sizlardan iltimos, internetdan yoki reklamdan olgan “bilimingiza” ishonib o‘z-o‘zingizni davolash bilan shug‘ullanmang", deya ogohlantiradi Toshkent shahar IIBB.

Kiritildi: 13:03 14.08.2019. O'qildi: 2169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!