O‘zgidromet poytaxtda atmosfera inversiyasi kuzatilishi kutilayotganini bildirdi.
Inversiya vaqtida yer yuzasiga yaqin sovuq havo ustida iliqroq qatlam hosil bo‘ladi.
U havoning yuqoriga ko‘tarilishi va aralashishini cheklaydi. Natijada chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalar yerga yaqin qatlamda to‘planadi.
Shu sababli 1 noyabrgacha ularning miqdori oshishi yoki yuqori darajada saqlanib qolishi ehtimoli bor.
Havoning amaldagi sifati tashlamalar hajmi, shamol va boshqa meteorologik omillarga ham bog‘liq.
Hafta davomida Toshkentda yog‘ingarchiliksiz, nisbatan iliq ob-havo kutilmoqda. Harorat kunduzi 18–20 daraja, kechasi 8–10 daraja atrofida bo‘ladi.