Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, poytaxt hududida qizlarni xorijiy davlatlarga jinsiy ekspluatasiya qilish uchun yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh vakili hisoblangan, 2002 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan ayol 4 nafar qizlarni aldov yo‘li bilan yollab, ulardan birini o‘zi bilan birga Dubay shahriga olib ketayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “z” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, bu turdagi jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!