Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Xonadonda 79 yoshli M.S. (ayol), uning 37 yoshli nevarasi D.YU. (ayol) va va 17 yoshli yevarasi M.J. (o‘g‘il) bo‘lgan. O‘rta Chirchiq tumanlararo sud-tibbiy ekspertizasining ma’lumotnomasiga asosan, ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashhisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.