Kim Chen In Janubiy Koreyani KXDRning “eng ashaddiy dushmani” deb e’lon qildi.
KXDR yetakchisi Kim Chen In Oliy xalq majlisi (parlament) yig‘ilishidagi nutqida Janubiy Koreyani rasman “eng ashaddiy dushman davlat” deb e’lon qildi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Shimoliy Koreya yetakchisi Seulning Pxenyanga nisbatan har qanday ehtimoliy tajovuzi uchun “ayovsiz jazo” muqarrar ekanini qo‘shimcha qildi.
"Biz Janubiy Koreyani eng ashaddiy dushman davlat deb hisoblaymiz. Janubiy Koreyaning mamlakatimizga daxldor har qanday salbiy harakati uchun uni zarracha istisnosiz va ikkilanmasdan shafqatsiz badal to‘lashga majbur qilamiz", — deya ogohlantirgan Kim Chen In.