Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

1 apreldan uy va mashina sotib olishda yangi tartib qanday bo‘ladi?

1 apreldan uy va mashina sotib olishda yangi tartib qanday bo‘ladi?

2026 yil 1 apreldan yangi tartib kuchga kiradi va unga ko‘ra ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifadagi transport vositalarini sotish va sotib olishda barcha hisob-kitoblar bank va notarius orqali elektron tarzda amalga oshiriladi, ya’ni oldingidek qo‘ldan-qo‘lga pul berish amaliyoti bekor qilinadi va butun jarayon nazorat ostiga olinadi.

👆Bu tartibda asosiy “qoida” shuki, pul avval bankda eskrou hisobda saqlanadi va faqat shartnoma notarius tomonidan tasdiqlangandan keyingina sotuvchiga o‘tkaziladi.

☑️ Birinchi qadam — xaridor bankka murojaat qiladi, ya’ni uy yoki mashina olishga kelishilgandan keyin bankka ariza berib, barcha ma’lumotlarni kiritadi: Shu yerda xaridor va sotuvchi haqida ma’lumotlar, ob’ekt (uy yoki mashina), shartnoma summasi va hisob raqamlar ko‘rsatiladi va jarayon rasman boshlanadi.

☑️ Ikkinchi qadam — bank xaridor uchun maxsus eskrou hisob ochadi, ya’ni pul vaqtincha saqlanadigan alohida hisob yaratiladi: Bu hisobning asosiy ma’nosi shundaki, pul sotuvchiga darrov berilmaydi, balki xavfsizlik uchun bankda “muzlatib” qo‘yiladi, shu bilan har ikki tomon himoya qilinadi.

☑️ Uchinchi qadam — xaridor kelishilgan pulni eskrou hisobga qo‘yadi, ya’ni naqd yoki naqdsiz tarzda mablag‘ni bankka kiritadi: Agar uy yoki mashina kreditga olinayotgan bo‘lsa, kredit beruvchi bank bu haqda notariusga elektron xabar yuboradi va pul shartnoma tasdiqlangandan keyin o‘tkaziladi, ya’ni oldin emas.

☑️ To‘rtinchi qadam — pul eskrou hisobga tushgandan keyin xaridor va sotuvchi notariusga borib shartnomani rasmiylashtirishga murojaat qiladi: Bu yerda endi asosiy hujjat — oldi-sotdi shartnomasi tayyorlanadi.
Beshinchi qadam — notarius shartnomani tasdiqlashdan oldin bankdan elektron tarzda tekshirish qiladi, ya’ni hisobda pul bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. Bank bu so‘rovga real vaqtda javob beradi. Agar pul yetarli bo‘lmasa yoki eskrou hisob yopilgan bo‘lsa, notarius shartnomani tasdiqlamaydi, ya’ni bitim amalga oshmaydi.

☑️ Oltinchi qadam — hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, notarius shartnomani tasdiqlaydi va bu haqda bankka elektron xabar yuboradi: Shu paytdan boshlab bitim rasmiy kuchga kiradi.

☑️ Yettinchi qadam — notarius tasdiq berishi bilan bank eskrou hisobdagi pulni avtomatik ravishda sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazadi: Bu odatda shu kuni yoki keyingi ish kunida amalga oshiriladi va jarayon inson aralashuvisiz dasturiy tarzda bajariladi.

☑️ Sakkizinchi qadam — sotuvchi o‘z hisobiga tushgan pulni xohlasa naqd qilib olishi yoki hisobda qoldirishi mumkin: Ya’ni pul allaqachon rasman uning mulkiga aylangan bo‘ladi.

❓Shu o‘rinda muhim savol — bu tartib qaysi mashinalarga tegishli?
☑️ Ushbu nizom ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan quyidagi transport toifalariga tatbiq etiladi:
▪️M toifa — yo‘lovchi tashiydigan mashinalar, ya’ni oddiy yengil avto (Cobalt, Malibu, Tracker, elektromobillar, avtobuslar)
▪️N toifa — yuk mashinalari (Isuzu, KamAZ va boshqalar)
▪️O toifa — prisep va yarim priseplar (treylerlar, fura priseplari)
▪️G toifa — yo‘ltanlamas mashinalar (Niva, Land Cruiser va boshqa 4x4 texnikalar)

☝️Ya’ni amalda deyarli barcha turdagi transport vositalari ushbu tartibga tushadi. Agar qandaydir sabab bilan notarius shartnomani tasdiqlamasa, unda xaridor bankka murojaat qilib, eskrou hisobdagi pulni to‘liq qaytarib olishi mumkin, ya’ni uning puli “qotib qolmaydi”.
Xulosa qilib aytganda, yangi tartibning asosiy mazmuni shuki, endi pul avval bankda saqlanadi, notarius tekshiradi va faqat shundan keyingina sotuvchiga o‘tadi, bu esa: — firibgarlikni kamaytiradi, hisob-kitoblarni shaffof qiladi, xaridor va sotuvchini bir vaqtning o‘zida himoya qiladi va eng muhimi, uy yoki mashina sotib olish jarayonini xavfsiz va ishonchli qiladi.

Kiritildi: Bugun 17:12. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!