Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Saudiya Arabistoni va BAA Eronga qarshi urushga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Saudiya Arabistoni va BAA Eronga qarshi urushga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud hozirda o‘z mamlakatining tiyib turish salohiyatini tiklashga intilmoqda va Eronga qarshi harbiy amaliyotga qo‘shilish bo‘yicha qaror qabul qilish arafasida. Manbalardan biri qirollikning urushga kirishi faqat vaqt masalasi ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklari Eronga tegishli aktivlarni muzlatish choralarini ko‘rishni boshlamoqda, bu esa Tehrondagi hukmron rejimni qo‘llab-quvvatlashning muhim manbalaridan biriga xavf tug‘diradi. Shuningdek, ayni paytda BAAda ushbu mojaroda qatnashish maqsadga muvofiqligi yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.

"Bundan tashqari Saudiya Arabistoni va BAA Eron harbiy salohiyatining bir qismini saqlab qolishga imkon beradigan sulhga erishilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda", deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 16:00. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!