Nashrining eronlik amaldorga tayanib xabar berishicha, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan telefon orqali gaplashib, mamlakat oliy rahbari Mujtabo Xominaiy Vashington bilan muzokaralarni ma’qullaganini bildirgan.
Ynet ma’lumotlariga ko‘ra, Uitkoff va Aroqchi o‘rtasidagi suhbat 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Nashr manbasining ta’kidlashicha, Aroqchi uchun Qo‘shma Shtatlarga Erondagi hokimiyat tizimidagi tartibni ko‘rsatish muhim bo‘lgan.
"Aroqchi, shuningdek, Xominaiy urushni imkon qadar tezroq yakunlashga tayyorligini, biroq bu Tehronning shartlari asosida bo‘lishini bildirgan. Jumladan, Eron boyitilgan uranni Rossiyaga olib chiqishni muhokama qilishga tayyor, ammo yadroviy va ballistik raketa dasturlaridan to‘liq voz kechmoqchi emas", deyiladi xabarda.