Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Neft bozorida shubhali harakatlar: kimdir millionlarni “urdimi”?

Neft bozorida shubhali harakatlar: kimdir millionlarni “urdimi”?

AQSh prezidenti Donald Tramp bayonoti oldidan neft bozorida katta pul aylanmasi kuzatildi. Trampning Eron bilan «samarali muzokaralar» haqidagi posti chiqishidan atigi 15 daqiqa avval yuz millionlab dollarlik bitimlar tuzishga ulgurgan.

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, soat 06:49–06:50 da Nyu-York birjasida qariyb 850 million dollarlik 6200 dan ortiq neft fyuchers bitimlari amalga oshirilgan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib esa bayonot e’lon qilingan.

📉 Natijada neft narxi keskin tushib ketdi.

«Kimdir hozirgina ancha boyib oldi», — deydi manba.

Kiritildi: Bugun 18:50. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!