Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va DXX hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qibray tumanida joylashgan "M. S." MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi hisoblagichning toraytiruvchi qurilmasini o‘rnatish tartibi va sxemasini o‘zgartirib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 5 milliard 972 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!