Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyuta qimmatliklarini Tojikistonga olib chiqib ketayotganlar ushlandi

Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyuta qimmatliklarini Tojikistonga olib chiqib ketayotganlar ushlandi

🚨Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida, Bekobod shahrida joylashgan «Farhod» chegara bojxona posti orqali valyuta qimmatliklarini Tojikiston Respublikasiga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

💵Jumladan, Bekobod shahrida yashovchi, 1991 y.t. shaxs 18 680 300 Rossiya rubli, 140 700 tojik somoni va 180 000 000 o‘zbek so‘mini qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqish maqsadida, ularni qismlarga ajratgan holda, tashmachi vazifasini bajaruvchi 34 nafar fuqaroga bo‘lib beradi.

O‘z navbatida, mazkur fuqarolar moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu pul mablag‘larini Tojikistonga o‘tkazib berish uchun «Farhod» chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtlarida to‘xtatib qolinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

💸Shuningdek, tezkor tadbir vaqtida chegara bojxona posti yaqinida bo‘lgan bekobodlik shaxsning «Treker» rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, unda ham Tojikiston Respublikasiga olib o‘tishga mo‘ljallab, o‘ramlarga ajratib qo‘yilgan, jami 13 538 305 Rossiya rubli, 24 107 tojik somoni, 885 yevro, 300 AQSh dollari, 300 xitoy yuani, 6840 qirg‘iz somi hamda 10 207 000 o‘zbek so‘mi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Tezkor tadbir davomida olingan pul mablag‘larining milliy valyutadagi umumiy qiymati 5 mlrd 200 mln so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

⚖️Hozirda bekobodlik fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🔎Tergov harakatlari davomida valyuta qimmatliklarining haqiqiy egalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Har qanday demokratik jamiyatda qonun ustivor hisoblanib, unga rioya qilmagan shaxs javobgarlikka tortilishi muqarrar.

Bas shunday ekan, har bir fuqaro mamlakatimizda amalda bo‘lgan qonunlarga itoat qilishi lozim, aks holda sudning qora kursisida o‘tirishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!