Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “Gulzor” MFY hududidagi ko‘cha chiroqlari uchun o‘rnatilgan transformatorning hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib 289 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning O‘rtachirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar B.A. va N.M. “Yangiobod” va “Yoriq” MFY hududlaridagi xonadonlarida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 159,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:34 21.08.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!