Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida dahshatli avtofalokat: Yuk mashinasi yuk poyezdi vagoniga urildi, halok bo‘lganlar bor

Toshkent viloyatida dahshatli avtofalokat: Yuk mashinasi yuk poyezdi vagoniga urildi, halok bo‘lganlar bor

2019 yil 10 sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘li 173-km.ning “Obliq” temir yo‘l stansiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temir yo‘l shoxobchasining kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

FVV xabariga ko‘ra, “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli yuk mashinasi Angren shahar hududidan o‘tuvchi  A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 173-km.da haydab ketayotib, yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning  8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan “Damas” rusumli avtomobilini bosib qolgan.

“Damas” avtomobilida bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:57 10.09.2019. O'qildi: 3584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!