Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent viloyatida 17 yoshli bola tanishini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent viloyatida 17 yoshli bola tanishini pichoqlab o‘ldirdi

2025 yil 12 fevral kuni soat taxminan 22:50 larda Toshkent tumanining «Ozodlik» mahallasida joylashgan bolalar maydonchasida 17 yoshli yigit tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2007 yil 18 iyunda tug‘ilgan A.S. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda avvaldan nizoda bo‘lgan 2006 yil 9 mayda tug‘ilgan A.G. bilan janjallashgan. Mojaro chog‘ida u o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan A.G.ning qorin va tanasiga bir necha bor zarba bergan.

Oqibatda A.G. og‘ir tan jarohatlari olib, Toshkent tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hodisa yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari boshlangan. Tuman prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan Jinoyat ning 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda u gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, tegishli tartibda ushlandi.

Kiritildi: 12:52 15.02.2025. O'qildi: 1888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!