Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent va Farg‘onada katta miqdordagi narkotik moddalar aniqlandi

Toshkent va Farg‘onada katta miqdordagi narkotik moddalar aniqlandi

1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t. shaxs to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, uning yonida 3 dona kichik hajmdagi idishlarda jami 257 gr gashish moyi borligi aniqlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash manzilidan sof og‘irligi 2 kg 831 gr bo‘lgan gashish moyi va elektron tarozi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, mazkur shaxsning internet narkodo‘konda ishlashi ham ma’lum bo‘ldi.

2️⃣ Bu yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham viloyat Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazishdi. Jumladan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1988 y.t. shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 982 gr «gashish» moddasini shartli xaridorga 10 700 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

3️⃣ Boshqa holatda esa Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaro muqaddam narkokuryerlar tomonidan qo‘shni davlatdan kontrabanda qilinib, Farg‘ona tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 956 gr «gashish» moddasini qabul qilib olib, doimiy yashash manziliga qaytib ketayotgan vaqtida ushlandi.

⚖️ Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:23 28.10.2026. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!