Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.X. fuqaroga xorijda ishlab chiqarilgan 929 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 30 mln so‘m sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 253 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Andijon shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.S. (muqaddam sudlangan) va R.R. o‘zaro til biriktirib 10 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaroga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanganlar.
Tezkor tadbir davomida fuqaro G.S.ning xonadonidan yana 59 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.