Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan videomurojaatida Isroil Eronni istibdod iskanjasidan ozod qilishga intilishini aytdi va Eron xalqini "qo‘zg‘olon ko‘tarishga" va hukmron tuzumga barham berishga chaqirdi.
"Ishonamanki, agar siz o‘rningizdan tursangiz, Isroil va Eron yana jasur do‘stlarga aylanadigan kunga uzoq qolmaydi", — dedi Isroil bosh vaziri.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shuningdek, o‘zi va AQSh prezidenti Donald Tramp "yomon yigitlar"ga qarshi kurash olib borayotganini, o‘zi va ittifoqchilarini esa "yaxshi yigitlar" deb hisoblashini aytdi.