Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi ozarbayjonlik hamkasbi Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, Eronning yaxshi qo‘shnichilik siyosati va barcha sohalarda aloqalarni kengaytirish istagini ta’kidladi.
Aragchi bugungi portlashlar ortidan Erondan Naxchivon Muxtor Respublikasiga qarata har qanday snaryad otilganini rad etib, Eron qurolli kuchlari tergov olib borayotganini aytdi.
U jamoatchilik fikrini chalg‘itish va Eronning qo‘shnilari bilan munosabatlariga putur yetkazishga qaratilgan bunday hujumlarda Isroilning roliga ishora qilib, so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan shunga o‘xshash voqealarni tilga oldi.
Vazir bir necha Ozarbayjon fuqarolarining jarohat olganidan afsusda ekanini bildirib, ularning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.