Bloomberg agentligining 9 mart kuni xabar berishicha, boy osiyolik investorlar avj olgan mojaro sabab Dubayga ko‘chib o‘tishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.
Xabar qilinishicha, AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi davom etayotgan harbiy keskinlik tufayli Dubayning kapital uchun xavfsiz boshpana sifatidagi obro‘siga shubha paydo bo‘lgan.
Boston Konsalting Grup ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxiriga kelib BAA moliyaviy aktivlar o‘sishi bo‘yicha dunyoda eng yuqori sur’atlardan biriga ega bo‘lgan. Bu asosan Osiyodan kirib kelgan kapital hisobiga ta’minlangan.
M/HQ konsalting kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan shaxslar BAAda ro‘yxatdan o‘tgan 2270 ta fondning taxminan chorak qismiga egalik qiladi.
Gonkongda joylashgan Annum Capital bosh direktori Nik Syao investorlar o‘z strategiyalarini qayta ko‘rib chiqayotganini va mablag‘larni Gonkong yoki Singapurga qaytarishlari mumkinligini bildirdi.
Enness Global bosh direktori Aysli Robinson esa bu harakatlarni ehtiyot chorasi sifatida baholadi.