South China Morning Post nashri manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga tashrifi davomida Pekindan boshqa shaharlarga bormaydi.
Gazetaning yozishicha, AQShning «ilg‘or guruhi» mart oyi boshida Xitoy poytaxtiga yetib kelgan. Sammitga tayyorgarlik ishlari hozir yakuniy bosqichga kirgan.
Manbalardan biriga ko‘ra, AQSh rahbarining ish jadvali juda zich.
«Afsuski, uning jadvali juda band. U ikkinchi shaharga tashrif buyurishga vaqt topa olmayapti», — dedi nashr manbalaridan biri.