Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “X.X.” MCHJ mas’ul shaxslari “Bunyodkor” MFY hududidagi omborxonani ijaraga olib, ushbu omborxonada umumiy bahosi 263,9 mln so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan 30 turdagi 10 509 va 3 turdagi 639 quti dorilar hamda yaroqlilik muddati qalbakilashtirilgan 243 dona gel vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.