Toshkentdan va unga yo‘nalgan barcha barcha charter reyslar «Toshkent-Sharqiy» aeroportiga ko‘chiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov «O‘zbekiston 24» telekanalida bergan intervyusida ma’lum qildi.
Aeroport 24 soat, 365 kun xizmat qiladi. Toshkent xalqaro aeroportida hozirda 10 dan ortiq charter reyslar amalga oshirilmoqda, ushbu charter reyslarning barchasi keyinchalik aynan ushbu aeroportga ko‘chiriladi.
Bu xabarni Tuzel va Amir Temur mahallasidagi aeroport yaqinida yashovchi odamlarga yuborib qo‘yamiz.