Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi

2026 yil 28 iyul soat 23:00 dan boshlab qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar Bunyodkor ko‘chasidagi qo‘shimcha yo‘l bo‘lagining Kichik halqa yo‘lidan (Chilonzor metrosi) Qatortol-2 ko‘chasigacha bo‘lgan bir tomonlama qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Shu munosabat bilan mazkur hudud orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlari vaqtincha quyidagicha o‘zgartiriladi:

41 va 116-sonli yo‘nalishlar (Chilonzor buyum bozori tomon): Kichik halqa yo‘li – Qatortol – Zargarlik – Qatortol-2 – Bunyodkor ko‘chalari orqali harakatlanadi.

77-sonli yo‘nalish (Chilonzor 25-dahasi tomon): Kichik halqa yo‘li – Qatortol – Zargarlik – Qatortol-2 – Al-Xorazmiy ko‘chalari orqali harakatlanadi.

118-sonli yo‘nalish (O‘zposlsavdo bekati tomon): Bunyodkor ko‘chasi – Kichik halqa yo‘li – Qatortol ko‘chalari orqali harakatlanadi.

74 va 171-sonli yo‘nalishlar harakati «Olmazor» metrosi bekatida qisqartiriladi.

Kiritildi: 20:38 28.07.2026. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!