Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Endi Byornhem​​​​​​​ London urush yakunlangach Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini tasdiqladi

Endi Byornhem​​​​​​​ London urush yakunlangach Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini tasdiqladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Byornhem Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda London ittifoqchilari bilan birgalikda sulh boshlanganidan keyin Ukrainaga harbiy kontingent yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.

​"Biz 100 foiz Ukraina tomonidamiz. Shaxsan men 100 foiz siz bilanman, janob prezident. Mamlakatimiz Ukraina oldida olgan barcha majburiyatlarini to‘liq bajaraman", — dedi Byornhem.

​Byornhemning so‘zlariga ko‘ra, London Ukrainani "o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga erishishda" qo‘llab-quvvatlaydi.

​"Biz sizga tinchlikni saqlashda yordam beramiz. Ittifoqchilarimiz bilan birgalikda "xohish bildirganlar koalisiyasi"ga yetakchilik qilishda davom etamiz va nihoyat sulh kuchga kirgach, Ukraina xavfsizligini uzoq muddatli mustahkamlash uchun ko‘p millatli kuchlarni joylashtirishga tayyor bo‘lamiz", — deya xulosa qildi Byornhem.

Kiritildi: 16:05 28.07.2026. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!