Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya va Eronga qarshi “jahannam sanksiyalari” to‘g‘risidagi qonun loyihasi kelishib oldindi

Rossiya va Eronga qarshi “jahannam sanksiyalari” to‘g‘risidagi qonun loyihasi kelishib oldindi

AQSh senatorlari Rossiya va Eronga qarshi “jahannam sanksiyalari” to‘g‘risidagi qonun loyihasini kelishib oldi — Bloomberg.

Agentlik manbalariga ko‘ra, har ikki partiyaga (Respublikachilar va Demokratlar) mansub senatorlar guruhi AQSh prezidentiga Rossiya energiya resurslarining eng yirik xaridorlariga, shuningdek, Eronga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritish imkonini beruvchi qonun loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Hujjat Trampga rus mahsulotlariga 500 foizgacha, shuningdek, Rossiya energiya resurslarini xarid qiluvchi davlatlarga nisbatan qo‘shimcha 100 foiz boj joriy etish imkonini beradi.

Bloomberg'ning ma’lum qilishicha, Senat qonun loyihasini shu haftadayoq qabul qilishi mumkin, biroq Vakillar palatasining ta’tili tufayli u sentyabrdan oldin kuchga kirmaydi.

Avvalroq prezident Donald Tramp vafot etgan senator Lindsi Gremning Moskvaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini faqat cheklovlar ostiga Rossiyadan tashqari Eron ham tushgandagina qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 20:29 28.07.2026. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!