Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi “B.C.” MCHJ xorijiy korxonasi savdo do‘koni sotuvchisi U.M. va boshqalar umumiy bahosi 799,8 mln so‘mlik 5 224 quti aksiz markasiz tamaki va 177 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.