Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik muzokaralari doirasida shaxsiy uchrashuvga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hozirgacha kelishilmagan ikki eng sezgir masala — hududlar va Zaporojye AES taqdiri qolmoqda. Ana shu masalalarni hal etish uchun Zelenskiy Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishga tayyor.
Sibiga shuningdek, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan alohida uchrashuv o‘tkazish zarur deb hisoblamasligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, muzokaralar allaqachon shakllangan delegasiyalar doirasida olib borilmoqda.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish, nazorat va tekshiruv mexanizmlari bo‘yicha mazmunli muzokaralar o‘tkazgan.