Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Klopp Madrid klubini boshqaradigan bo‘lsa, "Real" yulduzini sotadi

Klopp Madrid klubini boshqaradigan bo‘lsa, "Real" yulduzini sotadi

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda "Real"ga ustozlik qilishi mumkin.

Topskills Sport UK xabariga ko‘ra, agar germaniyalik mutaxassis "qaymoqranglilar"ning yangi bosh murabbiyiga aylansa, uning dastlabki qarorlaridan biri yarim himoyachi Jud Bellingemni sotish bo‘ladi. Sababi Klopp inglizni yetarlicha professional futbolchi deb hisoblamaydi.

Jud Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan 127 million yevro evaziga "Real"ga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Yarim himoyachi joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:50 27.01.2026. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!