Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada ayollar o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi ortidan namoyishlarga chiqdi — OAV

Turkiyada ayollar o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi ortidan namoyishlarga chiqdi — OAV

Istanbulda o‘zbekistonlik Durdona Hakimovaning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov davom etmoqda. Ayolning jasadi Shishli tumanidagi chiqindi qutisidan topilgan. Bu jinoyat keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Turkiyaning Sabah nashri ma’lumotlariga ko‘ra, fojia haqida 24 yanvar kuni kechqurun ma’lum bo‘lgan. Duatepa mahallasida ikkilamchi xomashyolarni yig‘ishtirayotgan O.CH. ismli shaxs Qo‘yulubog‘ ko‘chasidagi chiqindi qutisida turgan o‘ramda ayolning jasadini topgan.

Erkak topilma haqida polisiyaga xabar bergan. Voqea joyiga yetib kelgan kriminalistlar konteynerda ayolning boshsiz jasadini topdi. Keyinroq qo‘shni ko‘chalarni ko‘zdan kechirish chog‘ida jasadning qolgan qismlari solingan jomadon topildi.

Xabar berilishicha, jinoyat izidan O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi Turkiyadan Gurjistonga uchib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan.

Durdona Hakimovaning o‘ldirilishi Istanbul va Anqarada norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Istanbulda aksiya ishtirokchilari “Usmonbey” metro bekatidan marhumning jasadi topilgan ko‘chagacha piyoda yurib bordi. Namoyishchilar “Migrant ayollar yolg‘iz emas” va “Ayollar hayoti muhim” degan yozuvlarni ko‘tarib olgan edi.

Kiritildi: 23:16 27.01.2026. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!