Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent shahrida uy-joy narxi 2,3 foizga tushdi

Toshkent shahrida uy-joy narxi 2,3 foizga tushdi

Joriy yil yanvar oyida uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 25,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,4 foizga oshgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillarida keltirib o‘tilgan.

Ayrim hududlarda uy-joy savdosi sezilarli darajada ko‘paygan. Xususan, Jizzaxda 44 foiz, Navoiyda esa 36 foizga oshdi. Toshkent shahri esa umumiy oldi-sotdi hajmining 28 foizini tashkil etdi.

Shunga qaramay, Toshkentda ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari yil davomida 2,3 foizga pasaydi. Ayniqsa, Sergeli, Yunusobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida narxlar biroz tushgan.

Ijaraga beriladigan uylarning narxi ham o‘tgan yilga nisbatan 10,7 foizga pasaygan. Eng katta tushish Chilonzor, Olmazor va Yashnobod tumanlarida kuzatildi.

Kiritildi: 14:27 07.03.2025. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!