Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini 16 600 AQSh dollariga sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini 16 600 AQSh dollariga sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro F.O. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 1 000 dona “ARAGAN” nomli dori vositasini 215 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni AQSh dollarida hisoblab 16 600 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:41 16.06.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!