Falastin milliy ma’muriyati raisi Mahmud Abbos Londonning Falastin davlatchiligini tan olishi munosabati bilan o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarga sodiqligini tasdiqladi.
Bu haqda Falastin yetakchisi idorasi bayonotida aytildi.
Bayonotga ko‘ra, Abbos Buyuk Britaniyaning mustaqil Falastin davlatini tan olishini olqishlab, uni adolatli va mustahkam tinchlikka erishish yo‘lidagi muhim qadam deb atadi.
"Prezident Buyuk Britaniyaga tashrifi va Bosh vazir Kir Starmer bilan uchrashuvi davomida qabul qilingan islohotlar va majburiyatlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi", — deyiladi bayonotda.
Abbos G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar yordam yetkazib berishni boshlash, barcha garovga olinganlar va asirlarni ozod qilish, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqib ketish va qayta qurish jarayonini boshlash hozirgi ustuvor vazifa ekanini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya Falastin davlatchiligini tan olishini e’lon qilgan edi.