Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. va boshqalar fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun tanishlari yordamida 1 900 AQSh dollari evaziga “V 1” sertifikatini olib berishlarini va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.